Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
янв.21
Yangiyer shahar 1-umumta'lim maktabida Yangiyer shahar kengashi deputati S. Niyazova
янв.21
Deputat va maxalla faollari
янв.21
Yangiyer shahar kengashi XDP dan deputat Zaxro Qurbonboyeva
янв.21
O‘zbekiston XDP faxri — fidoyi deputatlarga ehtirom
янв.21
O’zLiDep Yangiyer shahar kengashi apparat rahbari N. Babaxanov hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar kengashi deputati S.Sultanova tashabbusi bilan Yangiyer shahrining 9-umumta’lim maktabi kutubxonasida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun,
янв.21
Yangiyer shahar Kengashi deputati Islom Abduxoliqov hamkorligida Yangiyer shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomdagi jamoat salomatligi texnikumini 2025-yilda tamomlagan bitiruvchilar boʻyicha o'rganish o'tkazildi.
янв.21
Davlatobod mahallasida nogironligi mavjud yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
Nurafshon shahrida Sogʻliqni saqlash boshqarmasining maʼmuriy binosi foydalanishga topshirildi

Nurafshon shahrida Sogʻliqni saqlash boshqarmasining maʼmuriy binosi foydalanishga topshirildi

Sogʻliqni saqlash boshqarmasi bugun yangi maʼmuriy binoda ish boshladi. “Nurafshon business citi” hududida qad rostlagan mazkur inshoot mutasaddilar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirokida tantanali surʼatda foydalanishga topshirildi.  

Maʼlumot oʻrnida, bino ikki qismdan iborat boʻlib, maʼmuriyat va shoshilinch tibbiy yordam markazi shu yerga joylashadi. Bugungi kunda Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi va uning tarkibidagi viloyat ixtisoslashgan shifoxonalari poytaxt hududida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Ularni viloyat hududiga bosqichma-bosqich koʻchirish, tibbiyot klasterini tashkil etish borasida ishlar boshlangan.  

  

Tadbirda Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Slide 1 of 4