Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
янв.21
Yangiyer shahar 1-umumta'lim maktabida Yangiyer shahar kengashi deputati S. Niyazova
янв.21
Deputat va maxalla faollari
янв.21
Yangiyer shahar kengashi XDP dan deputat Zaxro Qurbonboyeva
янв.21
O‘zbekiston XDP faxri — fidoyi deputatlarga ehtirom
янв.21
O’zLiDep Yangiyer shahar kengashi apparat rahbari N. Babaxanov hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar kengashi deputati S.Sultanova tashabbusi bilan Yangiyer shahrining 9-umumta’lim maktabi kutubxonasida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun,
янв.21
Yangiyer shahar Kengashi deputati Islom Abduxoliqov hamkorligida Yangiyer shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomdagi jamoat salomatligi texnikumini 2025-yilda tamomlagan bitiruvchilar boʻyicha o'rganish o'tkazildi.
янв.21
Davlatobod mahallasida nogironligi mavjud yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
Мехр-окибат азалий кадрият

 Mehr-oqibat azaliy qadriyat 

Mehr-oqibat bu insondagi eng yuksak tuyg‘ularidan biridir. Mehrning bir ko‘rinishi bu odamiylikdir. Odamiylik – kishining
boshqa odamlarga, urug‘ – aymog‘iga mehr-shafqat ko‘rsatishi, yaxshilik qilishini,
insonparvarlik munosabatlarida bo‘lishini taqozo etadigan ulug‘ fazilatdir. O‘zbekiston “Adolat” SDPdan tuman Kengashiga saylangan
deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona
tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimovlar muqaddas Ramazon-Hayiti munosabati bilan
partiyaning “Sahovat – benazir qadriyat” loyihasi doirasida “5-Xosilot” saylov okrugi
hududidagi Xosilot va Dilkusho MFY hududlarida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan
faxriylar, nuroniylar xolidan xabar olinib, oziq-ovqat maxsulotlari va estalik sovg‘alari
tarqatildi.
 

Zero, xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biri, bu — o‘zgalar ko‘magiga muhtoj
insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yordam berishdir.
 

Fursatdan foydalanib, qadrli Vatandoshlar, tumanimiz aholisi Sizlarni Mohi-Ramazon
Hayiti bilan chin dildan tabriklaymiz! Allohdan yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lishligini,
Alloh iltijolaringizni eshitib, qabul qilishligini, dasturxoningiz to‘kin-sochin
bo‘lishligini, Yurtimizda va xonadoningizda tinchlik, xotirjamlik, quvonchu-shodlik,
baxtu-saodat xukm surishligini, iymonli-insofli yaxshi Inson sifatida, ko‘ngil xotirjam
hayot kechirishlikni Allohdan chin dildan tilaymiz
  

Slide 1 of 7