Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri D.Tursunkulov, shahar Kengashi deputati I.Abduxoliqov hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Y.Samatov, I.Xodjakulova hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Donaboyevlar Yuksalish mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi hamda nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-dekabrdagi PQ–377-sonli “Sirdaryo viloyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Urumbayeva Mukaddas Yuldashbayevna Shodiyona mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammo va takliflarni xonadonma-xonadon o‘rgandi.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Yangiyer shahar Kengashiga 20-Navro'zobod saylov okrugidan deputat Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich Navro'zobod mahallasida xotin-qizlar muammolari tinglandi.
янв.21
Sayyor qabul: muammolar xonadonbay o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Shaxzoda Yaxshiboyeva tashabbusi bilan bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratildi.
FUQARONING MUROJAATI ASOSIDA BANDLIK MASALASI YUZASIDAN AMALIY CHORALAR KO‘RILDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri Murotova Lola Ne'matjon qizi fuqaro Jo'rayev Farida Soatmurot qizining murojaatini ko‘rib chiqib, uning bandligini ta'minlash masalasini shaxsan nazoratga oldi.

Deputat fuqaro bilan birgalikda Chilonzor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga tashrif buyurib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar) bilan tanishdi hamda fuqaroning mutaxassisligi va malakasiga mos ish o‘rinlarini o‘rgandi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida fuqaroning ishga joylashishiga ko‘maklashish yuzasidan Toshkent Pedagogika texnikumiga tegishli murojaatnoma yuborildi.

Fuqarolarning bandligini ta'minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolariga amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3