Okrug hududida ilgari foydalanishga yaroqsiz holatda bo‘lgan xona ta’mirlanib, zamonaviy va shinam ko‘rinishga keltirildi. Xona to‘liq tartibga keltirilib, bolalar uchun qulay muhit yaratildi.
Mazkur maskanda, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, ijtimoiy faolligini oshirishi hamda sog‘lom muloqot va rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida stol tennisi jihozlari o‘rnatilib, mahalladagi imkoniyati cheklangan bolalar mashg'ulotlarga jalb qilindi.