Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri D.Tursunkulov, shahar Kengashi deputati I.Abduxoliqov hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Y.Samatov, I.Xodjakulova hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Donaboyevlar Yuksalish mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi hamda nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-dekabrdagi PQ–377-sonli “Sirdaryo viloyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Urumbayeva Mukaddas Yuldashbayevna Shodiyona mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammo va takliflarni xonadonma-xonadon o‘rgandi.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Yangiyer shahar Kengashiga 20-Navro'zobod saylov okrugidan deputat Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich Navro'zobod mahallasida xotin-qizlar muammolari tinglandi.
янв.21
Sayyor qabul: muammolar xonadonbay o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Shaxzoda Yaxshiboyeva tashabbusi bilan bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratildi.
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

📆 «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 339-moddasiga muvofiq, 2026-yil 24–27-iyun kunlari Qonunchilik palatasi deputatlarining o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlari va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish ishlari tashkil etilmoqda.

🇺🇿 Shu munosabat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov Uchtepa tumanidagi Birlik mahallasida aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

📊 O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, xususiy sektor bilan hamkorlikda fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish amaliyoti ijobiy baholandi. Jumladan, mahalla tavsiyasi asosida 5 nafar fuqaroning Korzinka savdo tarmog‘iga ishga joylashtirilgani aholi bandligini ta’minlash borasidagi samarali hamkorlik namunasi sifatida e’tirof etildi.

🗂 Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ–642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan ham fikr almashildi. Qonunda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, o‘zini o‘zi band qilish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.

📇 O‘rganish yakunida mahallada aholi bandligini yanada oshirish, fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga jalb etish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5