Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Urumbayeva Mukaddas Yuldashbayevna Shodiyona mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammo va takliflarni xonadonma-xonadon o‘rgandi.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Yangiyer shahar Kengashiga 20-Navro'zobod saylov okrugidan deputat Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich Navro'zobod mahallasida xotin-qizlar muammolari tinglandi.
янв.21
Sayyor qabul: muammolar xonadonbay o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Shaxzoda Yaxshiboyeva tashabbusi bilan bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIYER SHAHAR KENGASHI VA DEPUTATLARI HAFTALIK FAOLIYATI TO’G’RISIDA MA’LUMOT.
янв.21
Toshkent kimyo-texnologiyalari institutining Yangiyer filialida yoshlar o‘rtasida odob-axloq va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIYER SHAHAR KENGASHI VA DEPUTATLARI HAFTALIK FAOLIYATI TO’G’RISIDA MA’LUMOT.
Deputat murojaati asosida fuqaroni “Ijtimoiy reestr”ga kiritish masalasi ijobiy hal etildi.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova tomonidan fuqaroning ijtimoiy himoyaga muhtojligi yuzasidan kelib tushgan murojaat atroflicha o‘rganilib, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, deputat murojaati asosida Inson ijtimoiy xizmatlar markazi direktori N.Soyibjonov bilan uchrashuv tashkil etilib, murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqaroning ijtimoiy ahvoli, oilaviy sharoiti hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji tegishli hujjatlar asosida ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida fuqaroni “Ijtimoiy reestr”ga kiritish uchun zarur shartlar mavjud ekani aniqlandi. Shundan so‘ng tegishli tartib-taomillar amalga oshirilib, murojaat ijobiy hal etildi
hamda fuqaroning “Ijtimoiy reestr”ga kiritilishi belgilandi.
 

Slide 1 of 3