Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Urumbayeva Mukaddas Yuldashbayevna Shodiyona mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammo va takliflarni xonadonma-xonadon o‘rgandi.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Yangiyer shahar Kengashiga 20-Navro'zobod saylov okrugidan deputat Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich Navro'zobod mahallasida xotin-qizlar muammolari tinglandi.
янв.21
Sayyor qabul: muammolar xonadonbay o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Shaxzoda Yaxshiboyeva tashabbusi bilan bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIYER SHAHAR KENGASHI VA DEPUTATLARI HAFTALIK FAOLIYATI TO’G’RISIDA MA’LUMOT.
янв.21
Toshkent kimyo-texnologiyalari institutining Yangiyer filialida yoshlar o‘rtasida odob-axloq va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIYER SHAHAR KENGASHI VA DEPUTATLARI HAFTALIK FAOLIYATI TO’G’RISIDA MA’LUMOT.
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

2026-yil 22-iyun kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 11-Guliston saylov okrugi hududidagi “Ishchilar” mahallasi aholisi muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Ishchilar” MFY, Paxtaobod ko‘chasi 2-uyda yashovchi To‘xtaxon Mahmudovaning xonadoniga tashrif buyurilib, yashash sharoiti bilan tanishildi. Aniqlanishicha, fuqaro 2-guruh nogironi bo‘lgan farzandi bilan birga istiqomat qilib kelmoqda hamda hovli joyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filialiga fuqaroning murojaatini uning ishtirokida o‘rganib chiqish, belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha 10 kun muddat ichida yozma ravishda javob xati taqdim etish so‘raldi.

Aholi murojaatlari va ijtimoiy muammolar deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 2