Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri D.Tursunkulov, shahar Kengashi deputati I.Abduxoliqov hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Y.Samatov, I.Xodjakulova hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Donaboyevlar Yuksalish mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi hamda nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-dekabrdagi PQ–377-sonli “Sirdaryo viloyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Urumbayeva Mukaddas Yuldashbayevna Shodiyona mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammo va takliflarni xonadonma-xonadon o‘rgandi.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Yangiyer shahar Kengashiga 20-Navro'zobod saylov okrugidan deputat Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich Navro'zobod mahallasida xotin-qizlar muammolari tinglandi.
янв.21
Sayyor qabul: muammolar xonadonbay o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Shaxzoda Yaxshiboyeva tashabbusi bilan bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratildi.
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining yettinchi chaqiriq 24-sessiyasi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining yettinchi chaqiriq 24-sessiyasi bo'lib o'tdi

🏛 Ochiqlik va konstruktiv muloqot ruhida oʻtgan sessiya ishida Xalq deputatlari, ekspertlar va yoshlar maslahat guruhlari aʼzolari, kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobot va axborot beruvchi masʼul shaxslar hamda tegishli tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdilar.

✅ Fargʻona shahrida hududiy boshqaruv, aholi farovonligini oshirish va shahar infratuzilmasini tubdan yaxshilashga qaratilgan muhim siyosiy voqea boʻlib oʻtdi.

✅  Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi yettinchi chaqiriq navbatdagi 24-sessiyasida shahar hayotining eng dolzarb va strategik ahamiyatga ega masalalari atroflicha muhokama qilindi.


✅  Sessiya kun tartibidan oʻrin olgan har bir masala deputatlar va soha ekspertlari tomonidan tanqidiy hamda tahliliy ruhda koʻrib chiqildi. Yakunda shahar istiqbolini belgilovchi quyidagi muhim qarorlar qabul qilindi:

✅ Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish va narxlar asossiz oshishining oldini olish: Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash hamda ichki bozorlarda sunʼiy narx oshishining oldini olish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar belgilandi. Bunda zaxira yaratish va logistika zanjirini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida urgʻu berildi.

✅ “Olmazor tajribasi” asosida kompleks rivojlanish: Respublikamizda oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatgan “Olmazor tajribasi”ni Fargʻona shahrida tatbiq etish orqali hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi maʼqullandi.

✅  Infratuzilmani moliyaviy sogʻlomlashtirish: Shahardagi eng ogʻriqli nuqtalar — yoʻllarni taʼmirlash, kommunal tizimlarni yangilash va ijtimoiy soha obyektlarini tartibga keltirish maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maqsadli mablagʻ ajratish masalasi tasdiqlandi.

✅  Yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi: Fargʻona shahri hududida yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.

✅  “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturi: Shahar hududini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish vа qurilish-taʼmirlash ishlarini jadallashtirishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar va masʼul idoralarning oʻzaro hamkorlik mexanizmlari qatʼiy belgilab olindi.

✅  Ekologik barqarorlik va “Yashil Fargʻona” strategiyasi: Iqlim oʻzgarishlarining salbiy taʼsirini yumshatish hamda aholi uchun qulay rekreatsion hududlar yaratish maqsadida shaharda “Soya-salqin sayr koʻchasi”ni barpo etish toʻgʻrisidagi loyihalar qabul qilindi.

✅  Fargʻona shahar Kengashi deputatlari tomonidan qabul qilingan ushbu qarorlar shaharning har tomonlama yuksalishi va aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi. Ijro nazorati mutasaddi tashkilotlar va xalq vakillari zimmasiga yuklatildi.

🇺🇿  Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube |
🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 17