Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Urumbayeva Mukaddas Yuldashbayevna Shodiyona mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammo va takliflarni xonadonma-xonadon o‘rgandi.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Yangiyer shahar Kengashiga 20-Navro'zobod saylov okrugidan deputat Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich Navro'zobod mahallasida xotin-qizlar muammolari tinglandi.
янв.21
Sayyor qabul: muammolar xonadonbay o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Shaxzoda Yaxshiboyeva tashabbusi bilan bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIYER SHAHAR KENGASHI VA DEPUTATLARI HAFTALIK FAOLIYATI TO’G’RISIDA MA’LUMOT.
янв.21
Toshkent kimyo-texnologiyalari institutining Yangiyer filialida yoshlar o‘rtasida odob-axloq va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIYER SHAHAR KENGASHI VA DEPUTATLARI HAFTALIK FAOLIYATI TO’G’RISIDA MA’LUMOT.
Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda hududda suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ta’minlash holati hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishda suv yetkazib berish
xizmati davlat muassasasi direktori A.Xaydarovning hisoboti eshitildi. Hisobotda joriy yilning o'tgan davri mobaynida
amalga oshirilgan ishlar, jumladan, sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash, suv inshootlarini modernizatsiya qilish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklarini suv bilan uzluksiz ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar
haqida batafsil ma’lumot berildi. Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan qator savollar berilib, sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilot va idoralarga aniq vazifalar yuklatildi. 

Slide 1 of 4