Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri Doniyor Tursunkulov hamda shahar Kengashi deputati I.Abduraxmonov ishtirokida hududdagi tadbirkor Sohiba Xudoyorova xonadonida joylashgan issiqxonaga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Boymirzayeva Gulnora Xo‘janovna va Yangiyer shahar Kengashi bosh mutaxasisi E.Donabayevlar tomonidan bolalar shifoxonasida bepul dori ta’minoti o‘rganildi.
янв.21
Maxalladagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
Murojaatlar tahlili va ularga yechim
янв.21
Mahalladagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hodimi o‘rganildi
янв.21
📚Deputatlar tomonidan Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining kutubxonasini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
“Deputat sport maktabi faoliyatini o‘rgandi”
янв.21
“Mening mahallam” — jonli efirda dolzarb muloqot
Deputatlik nazorati: "Toza hudud" DUK faoliyati o‘rganildi

Deputatlik nazorati: "Toza hudud" DUK faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlariga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish tuman Kengashi deputatlari Sh.Norsayev, G.Shafoatova hamda bosh mutaxassis K.Abdullayeva ishtirokida “Toza hudud” DUK tuman filialida tashkil etildi.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

Korxonaning texnik imkoniyatlari va maxsus texnikalarning shayligi.

Hududlardan chiqindilarni olib chiqish grafigiga rioya etilishi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi hamda debitor qarzdorlik holati.

Muloqot davomida sohada uchrayotgan muammolar tinglanib, xizmat ko‘rsatish qamrovini yanada kengaytirish va sifatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ma’lumot uchun: Tasdiqlangan ish rejasi asosida deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilot va muassasalardagi o‘rganish ishlari har kuni davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4