Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashi deputati  faoliyatining  eng muhim yo‘nalishlari hamda mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida  o‘rganish bo‘yicha Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri D.Tursunkulov, shahar Kengashi deputati I.Abduxoliqov hamda shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxasisi E.Donaboyevlar Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Y.Samatov, I.Xodjakulova hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Donaboyevlar Yuksalish mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi hamda nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-dekabrdagi PQ–377-sonli “Sirdaryo viloyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Urumbayeva Mukaddas Yuldashbayevna Shodiyona mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammo va takliflarni xonadonma-xonadon o‘rgandi.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK – ASOSIY MEZON
янв.21
Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISH.
янв.21
Yangiyer shahar Kengashiga 20-Navro'zobod saylov okrugidan deputat Abduraxmonov Ilyos Sherqulovich Navro'zobod mahallasida xotin-qizlar muammolari tinglandi.
янв.21
Sayyor qabul: muammolar xonadonbay o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Shaxzoda Yaxshiboyeva tashabbusi bilan bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratildi.
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norovlar hamkorligida tuman markazidagi Xotira xiyobonining holati joyiga chiqib o‘rganildi.

✔️O‘rganish davomida hududlarning obodonlashtirish darajasi, yashil hududlarning saqlanishi, aholiga yaratilgan sharoitlar, bolalar maydonchalari va dam olish maskanlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayrim joylarda mavjud kamchiliklar, jumladan, obodonlashtirish ishlari yetarli darajada olib borilmagani, infratuzilma elementlarining ta’mirtalab holga kelgani qayd etildi.

✔️Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillariga aniqlangan muammolarni bartaraf etish, hududlarni yanada obod va aholi uchun qulay maskanga aylantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✔️Mazkur o‘rganish ishlari kelgusida tumandagi dam olish maskanlari holatini yaxshilash, aholiga munosib sharoit yaratish hamda yashil hududlarni asrab-avaylash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5