Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar Toyloq tumanida ham izchil davom etmoqda.
️Shu maqsadda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari N. Mo‘minova, K. Kasimova hamda tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Kambariddinova Xo‘jaqishloq va Yastepa mahallalaridagi aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdilar.
️Uchrashuvlar davomida aholining turmush darajasi, tomorqadan foydalanish madaniyati, tozalik va obodonlashtirish ishlarining holati atroflicha o‘rganildi. Xonadonlarda olib borilgan suhbatlar jarayonida aholi vakillarining fikr-mulohazalari tinglandi, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.