Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
янв.21
Yangiyer shahar 1-umumta'lim maktabida Yangiyer shahar kengashi deputati S. Niyazova
янв.21
Deputat va maxalla faollari
янв.21
Yangiyer shahar kengashi XDP dan deputat Zaxro Qurbonboyeva
янв.21
O‘zbekiston XDP faxri — fidoyi deputatlarga ehtirom
янв.21
O’zLiDep Yangiyer shahar kengashi apparat rahbari N. Babaxanov hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar kengashi deputati S.Sultanova tashabbusi bilan Yangiyer shahrining 9-umumta’lim maktabi kutubxonasida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun,
янв.21
Yangiyer shahar Kengashi deputati Islom Abduxoliqov hamkorligida Yangiyer shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomdagi jamoat salomatligi texnikumini 2025-yilda tamomlagan bitiruvchilar boʻyicha o'rganish o'tkazildi.
янв.21
Davlatobod mahallasida nogironligi mavjud yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

Sessiyaga xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashi raisi Sh.Buriyev raislik qildi. Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasida Xalq deputatlari shahar Kengashiga saylangan 25 nafar deputatlarning 23 nafari ishtirok etishdi.

Shuningdek, sessiyada shahar hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, shahardagi tashkilotlar rahbarlari, shahar hokimligi mas’ul xodimlari, jamoat tashkilotlari va OAV vakillari, shahar faollari ishtirok etishdi.

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasida;

1. Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlarni oldini olish, ayniqsa, maishiy korrupsiyaga barham berish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi ““O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida;

3. Ichimlik suvi, elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minoti holati;

4. Tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar holati to‘g‘risida;

5. Kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasidagi ishlar holati to‘g‘risida;

6. Kuz-qishga tayyorgarlik holati (isitish tizimi), ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlarida (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, oliy ta’lim, tibbiyot muassasalari) amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida;

7. Shahrisabz shahar hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

8. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023-yil 14-dekabrda “Qashqadaryo viloyatini 2024–2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-389-son qarori ijrosi yuzasidan Shahrisabz shahrida amalga oshirilgan ishlar tO‘g‘risida;

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tO‘g‘risida”dagi PQ-44-sonli qarori ijrosi yuzasidan Shahrisabz shahrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shahrisabz shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutahassisi J.Muradovning Shahrisabz shahridagi tashkilot va korxonalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida;

11. Shahar hokimligi zaxira fondidagi bo‘sh turgan va zaxirada bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarida eksportbop ekin ekib, eksport qilish sharti bilan ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida;

12. Shahrisabz shahar ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan shaharda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida

13. Shahrisabz shahar mahalliy budjetining 2025-yil III-chorak oshiqcha tushgan daromadi hisobidan “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”ga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida;

14. Shahrisabz shahar mahalliy budjetining 2025-yil III-chorak oshiqcha tushgan daromadlari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar bo'yicha shahar hokimining o'rinbosarlari hamda tegishli tashkitolar raxbarlari eshitildi.

Slide 1 of 18