Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o`rganildi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Alisher Turdiyev Nurafshon shahar Kengashi deputati A.Churatayeva bilan birgalikda Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurib, aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati va aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatini o`rganishdi.
Shuningdek, mazkur tashrif doirasida deputat kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. U yerda isitish tizimlari, bino va inshootlarning texnik holati, bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati bilan tanishib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiyalar berdi.
https://t.me/TV_Kengash