📌Fayzobod mahallasida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
🟢Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar
el-yurtimiz hayotida goʻzal anʼanaga aylandi. Ayanan mana shunday tadbir ham
Piskent tumani Fayzobod mahallasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hudud deputati
D.Komilova ishtirok etdi.
🟢Oʻzaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor
berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir
aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning
orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga
aylangani bot-bot taʼkidlandi.
🟢Yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy
tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi
mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida
oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.
🟢Bugungi uchrashuv ham aynan shunday ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi, yoshlar esa otaxon va onaxonlar bilan
o‘tkazilgan suhbat ularda katta taassurot uyg‘otdi.