Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
янв.21
Yangiyer shahar 1-umumta'lim maktabida Yangiyer shahar kengashi deputati S. Niyazova
янв.21
Deputat va maxalla faollari
янв.21
Yangiyer shahar kengashi XDP dan deputat Zaxro Qurbonboyeva
янв.21
O‘zbekiston XDP faxri — fidoyi deputatlarga ehtirom
янв.21
O’zLiDep Yangiyer shahar kengashi apparat rahbari N. Babaxanov hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar kengashi deputati S.Sultanova tashabbusi bilan Yangiyer shahrining 9-umumta’lim maktabi kutubxonasida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun,
янв.21
Yangiyer shahar Kengashi deputati Islom Abduxoliqov hamkorligida Yangiyer shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomdagi jamoat salomatligi texnikumini 2025-yilda tamomlagan bitiruvchilar boʻyicha o'rganish o'tkazildi.
янв.21
Davlatobod mahallasida nogironligi mavjud yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
🔔 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 14-sessiyasi boʻlib oʻtdi

🔔 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 14-sessiyasi boʻlib oʻtdi

Sessiya kun tartibida 6 ta masala koʻrib chiqildi.

☑️Boysun tumani bo‘yicha 2025 yilning 2 mavsumida jamoatchilik fikri asosida g‘olib bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yichamanzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida.

☑️2025 yilda Boysun tumanida “Zarbdor” tajribasi asosida sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi loyihalar ishlab chiqish hamda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida.

☑️Yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha mahallalardagi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Husanov Abdulfattoh Muxammadiyorovichning hisoboti to‘g‘risida.

☑️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 13 dekabrdagi PQ-438-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Qodirov Muxammadi Abduraupovichning hisoboti to‘g‘risida.

☑️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Boysun tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.

☑️Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2025-yil 25-avgustdagi “Boysun tumani budjetining 2025-yil II chorak yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi VII-13-84-8-110-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.

Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar eshitildi hamda qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9