Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
AHOLINI KASB-HUNARGA O‘QITISH VA BANDLIGINI TA’MINLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA

Kasb-hunar egallash — barqaror daromad va farovon hayot sari muhim qadam. Aholini zamonaviy kasblarga o‘qitish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga tayyorlash hamda fuqarolarning bandligini ta’minlash kambag‘allikni qisqartirishning muhim omillaridan biridir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan aholini kasb-hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni o‘rgatish hamda o‘quv kurslari orqali bandlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Kasb-hunarga o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish bilan bir qatorda, ta’lim olgan fuqarolarni ishga joylashtirish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish ham muhim ahamiyatga ega. Zero, egallangan kasb insonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilishi lozim.

Deputat tomonidan aholining kasb-hunarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish va fuqarolarni manzilli o‘qitishga yo‘naltirish;
— Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha o‘quv kurslarini rivojlantirish;
— Kasb o‘rgangan fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
— O‘zini o‘zi band qilish va kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash;
— Kasb-hunarga o‘qitish natijadorligini muntazam tahlil qilib borish bo'yicha tavsiyalar berildi mas'ullarga.

Maqsad — aholi bandligini oshirish, fuqarolarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish va barqaror daromad manbalarini shakllantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga ko‘maklashish.

Slide 1 of 3