#24_ta_muhim_masala
Ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash ishlari deputat nazoratida
Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi deputati D.Karimov tomonidan 14-Yangi O‘zbekiston saylov okrugiga qarashli Yangi Asr MFYning Mustaqillik shukronasi ko‘chasida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Jumladan, ko‘chada nosoz holatga kelgan ichimlik suvi quvurlarini yangilash ishlari tuman Suv ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilayotgani deputat tomonidan nazorat qilindi.
O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining borishi, nosoz quvurlarni yangilash hamda aholini ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, mavjud muammoni to‘liq bartaraf etish hamda fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur ishlar aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud infratuzilma muammolarini hal etish va saylovchilar murojaatlariga amaliy yechim topish borasidagi deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz