Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
DASHTBOG‘ MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

DASHTBOG‘ MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M. Abdulmajidov tomonidan “Ko‘chama-ko‘cha” yurish jurnali asosida “Dashtbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etishga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga qaratilgan yo‘nalishlari bilan hamohangdir.

Huquqiy asos sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 

14-sentabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’dodi va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning murojaat va tashabbuslariga e’tibor qaratish hamda bandligini ta’minlashga ko‘maklashish muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 7