Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
NURAFSHON” MAHALLASIDAGI 13-SONLI MAKTAB SPORT ZALI VA JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI

NURAFSHON” MAHALLASIDAGI 13-SONLI MAKTAB SPORT ZALI VA JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sh. Gaffarova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M. Abdulmajidov tomonidan “Ko‘chama-ko‘cha” yurish jurnali asosida “Nurafshon” mahallasi hududida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktab sport zalining holati, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud sport anjomlari hamda ularning foydalanishga yaroqlilik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-son “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid huquqiy asoslar bilan bog‘liq holda amalga oshirildi.

Xususan, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, sport inshootlari va jihozlaridan samarali foydalanish masalalari muhim ahamiyatga ega.

Maktab sport zali va undagi jihozlarning holatini o‘rganishdan maqsad o‘quvchilar uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatlarini baholash, mavjud sport infratuzilmasiga e’tibor qaratish hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 9