Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.

HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘zi saylangan hududdagi “Beshkappa” mahallasida hokim yordamchisi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish va aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish borasidagi ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Hokim yordamchisi Bekmurod O‘tkirov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi, “Mahalla loyihasi” va “Biznesga birinchi qadam” dasturlari doirasida tijorat banklari bilan hamkorlikda 15 nafar fuqaroga jami 330 million so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.
Shuningdek, 8 nafar fuqaro vaucher asosida kasb-hunarga o‘qitilib, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan va tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan.
📈 Joriy yilning sakkiz oyi davomida mahallada 20 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan, yana 170 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bundan tashqari, 5 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mikroloyihalar amalga oshirilib, ular o‘z faoliyatini boshlagan.
✅ O‘rganish yakunida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va mas’ullar bilan hamkorlikda mavjud muammolarni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
➡️ Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar mahallalarda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar samaradorligini baholash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3