Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАВСУМИЙ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ: КУНЛИК ИШЛАР ДАЙЖЕСТИ
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
КЕНГАШ РАИСИ ТАДБИРКОР ВА ҲУНАРМАНД ФАОЛИЯТИ БИЛАН ТАНИШДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
янв.21
ОНА ТИЛИМИЗ — МИЛЛИЙ ҒУРУРИМИЗ ВА БЕБАҲО ҚАДРИЯТИМИЗ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА ИЧИМЛИК СУВИ ТАРМОҒИ ТОРТИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КАМ ТАЪМИНЛАНГАН ОИЛАНИНГ ТУРМУШ ШАРОИТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#okrugda_o'rganish
#kuz-qish_mavsumi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 27-sonli umumta’lim maktabida sohaviy qonun va qarorlar ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, o‘quv muassasalarida munosib sharoitlarni yaratish hamda sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 10-“Xo‘jayipok” saylov okrugi deputati M.Omonullayev tumandagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi. Mazkur o‘rganishdan maqsad — ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda sohaga oid Prezident farmon va qarorlarining ijro holatini baholashdan iboratdir.

Monitoring davomida maktabning o‘quv-metodik bazasi, pedagoglarning dars berish mahorati, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi hamda muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari va maktabdagi sharoitlar haqidagi fikrlari o‘rganildi.

Tashrif yakunida ta’lim sifatini yanada yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni operativ bartaraf etish hamda o‘quv jarayoniga innovatsion metodlarni keng tatbiq etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli amaliy tavsiyalar berildi. Ijro intizomi yuzasidan belgilangan vazifalar deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2