Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Lutfiy mahallasi vakili Xidiyatullina Rima Rashitovna hududni o‘rganib, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalardan biri — ilgari mavjud bo‘lgan ariqlarni qayta tiklash zarurligini o'rgangan edi.
➡️https://t.me/chilonzor_tuman_deputatlari/3287?single

O‘rganish davomida mahalladagi ko‘kalamzor hududlarni saqlash, daraxt va ekinlarni o‘z vaqtida sug‘orish, shuningdek, suv ta’minotini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Aniqlanishicha, avval mavjud bo‘lgan ariqlarni qayta tiklash hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni asrab-avaylash hamda suv resurslaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur muammoni hal etish uchun ariqlarni tiklash ishlarini amalga oshirish, zarur mablag‘ ajratish imkoniyatlarini o‘rganish va tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rilishi lozim.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Lutfiy mahallasidagi ariqlarni qayta tiklash, ushbu ishlarni moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalari bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi.✍️🛫


Ariqlarning qayta tiklanishi mahalladagi daraxtlar va yashil hududlarni muntazam sug‘orish, obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish hamda aholi uchun yanada qulay va ekologik jihatdan sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi.

Deputatning asosiy maqsadi — aholi murojaatlari va hududdagi dolzarb muammolarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar oldiga aniq masalalarni qo‘yish hamda ijobiy natijalarga erishishdan iborat.

Slide 1 of 3