Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
#_24_Masala

Aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash deputatlarimizning doimiy e’tiborida.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi M.Kazakov va Kengash kotibiyati xodimi B.Allabergenov 21-Choyko‘l saylov okrugida joylashgan “Choyko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib, deputatlik nazoratini olib bordilar.

🔍 O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:
"Mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligi: Ovulda aholi muammolarini joyida hal etish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va "yettilik" vakillarining o‘zaro hamkorlik mexanizmlari ko‘zdan kechirildi;

Mahalla bankiri faoliyati: Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholini daromadli mehnatga jalb etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi;

PQ-49-sonli qaror ijrosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori doirasida Choyko‘l ovulida bajarilgan amaliy ishlar atroflicha o‘rganildi.

Deputatlarimiz tomonidan joylarda aholi bandligini ta’minlash, kichik biznesni rivojlantirish va qaror ijrosini o‘z vaqtida, sifatli ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3