Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
SHOFIRKONDA SUV TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI NAZORATGA OLINDI

Shofirkon tumanida aholi tomorqalarini suv bilan barqaror ta’minlash, sug‘orish tarmoqlarini yaxshilash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Mo‘min Amonov tomonidan irrigatsiya infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qurilish-ta’mirlash jarayonlari hamda loyihalarning ijrosi joyida o‘rganildi.

Jumladan, Islom taraqqiyot banki guruhi ishtirokidagi “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” dasturi doirasida Mirzoqul, Xorkash, Do‘rmon, Bobur, Tezguzar va Pashmon mahallalarida jami 15,6 kilometr irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va betonlashtirish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadlar uchun qariyb 6 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Shuningdek, “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida Jo‘yrabod mahallasidagi katta ariqni betonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Loyihaning qiymati 1 milliard 648 million so‘mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, “Og‘ir mahallalarni rivojlantirish” dasturi doirasida Boboato, Ko‘rishkent va Iskogare mahallalarida 3 kilometrdan ortiq ichki ariqlarni betonlashtirish rejalashtirilgan. Ushbu ishlar uchun qariyb 2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Bog‘iafzal mahallasida esa 1,7 kilometr ichki sug‘orish tarmoqlarini 600 million so‘m hisobidan betonlashtirish ishlari davom etmoqda. O‘rganish jarayonida ishlarning sifati, qurilish me’yorlariga rioya etilishi va loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga e’tibor qaratildi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur loyihalar suv yo‘qotilishini kamaytirish, tomorqa va ekin maydonlarini sug‘orish imkoniyatlarini kengaytirish, dehqonchilik samaradorligini oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Deputatlik nazorati doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan bunday loyihalarning sifati va samaradorligini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning o‘z vaqtida hal etilishiga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. 

Slide 1 of 9