Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
DEPUTAT NAZORATI: Ipoq mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida jamoat hojatxonasi quriladimi?


🏢 Muammo nimada? Ipoq mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi, ayniqsa, keksa fuqarolar va yosh bolalar kechki vaqtlarda sayr qilish va dam olish jarayonida muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ko‘p qavatli uylar atrofida jamoat hojatxonasi mavjud emasligi sababli hududning sanitariya-gigiyena holati yomonlashishi hamda noqulay muhit yuzaga kelishi kuzatilmoqda.

📝 Deputat so‘rovida qanday masalalar ilgari surilgan? Deputat U.Xudayberdiyev “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga tayangan holda quyidagi choralarni ko‘rishni so‘ragan:
1.O‘rganish: Ipoq mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida jamoat hojatxonasi qurish masalasini atroflicha o‘rganib chiqish;
2. Joy belgilash: Sanitariya va shaharsozlik talablariga mos keladigan munosib joyni aniqlash;
3.Moliyalashtirish: Inshootni qurish uchun zarur mablag‘ manbalarini aniqlash va moliyalashtirish choralarini ko‘rish;
4.Tozalikni ta’minlash: Hududning sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash va atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash bo‘yicha amaliy tadbirlarni belgilash.
Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi mahalla hududida tozalikni ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda yozma javob taqdim etilishi kutilmoqda.

Masala deputat nazoratida.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3