Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
MUSTAQILLIK — TARAQQIYOT, BUNYODKORLIK VA KELAJAKKA ISHONCH TIMSOLI

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A. Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 21-“Xo‘jasoat” saylov okrugidan saylangan deputat Yusuf Hakimov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, xalqimiz farovonligini oshirish, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi ahamiyati xususida fikr almashildi.

Shuningdek, mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari alohida ta’kidlanib, erishilgan natijalarni mustahkamlash, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida mas’uliyat bilan mehnat qilish har bir fuqaroning muhim burchi ekanligi qayd etildi.

Deputatlar tomonidan ilgari surilgan fikr va tashabbuslar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Mustaqillik — bebaho ne’mat, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga munosib yetkazish esa barchamizning sharafli burchimizdir!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 8