Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi

Maktab sport zalida yaratilgan sharoitlar va jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilishi holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan 65-sonli umumta’lim maktabining sport zalidagi mavjud sharoitlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda jismoniy tarbiya darslarining tashkil etilish holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida sport zalining umumiy holati, moddiy-texnik bazasi, mavjud sport anjomlari va jihozlarining holati, ulardan foydalanish samaradorligi hamda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

📌 Jismoniy tarbiya darslarining belgilangan tartibda tashkil etilishi, o‘quvchilarning sport mashg‘ulotlariga jalb qilinishi, darslar davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda yoshlarning jismoniy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🏃‍♂️ O‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda maktab sport zalining o‘rni muhim hisoblanadi. Shu bois sport inshootlaridan samarali foydalanish, mavjud jihozlarni asrab-avaylash va mashg‘ulotlar uchun zarur sharoitlarni doimiy ravishda yaxshilab borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3