Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#Deputatlik_nazorati #Mahalla_xavfsizligi #Huquqbuzarliklar_profilaktikasi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Katta Vaxshivor” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📌 O‘rganishlar davomida:

Profilaktika inspektori faoliyati ko‘zdan kechirildi: Mahallada xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori (uchastka noziri) bilan uchrashib, hududda jinoyatchilikning oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari: Hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning ogohligini oshirish hamda kiberjinoyatchilik va boshqa xavf-xatarlardan ogohlantiruvchi flayer va buletenlar (eslatmalar) tarqatish jarayoni va ularning samaradorligi o‘rganildi.

Xavfsizlik va hamkorlik: Mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashda profilaktika inspektori, mahalla yettiligi va deputatlarning yaqin hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar berildi.

O‘rganish yakunida mahalla hududida xavfsizlikni ta’minlash hamda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5