Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
SARDOBА TUMANIDA DEPUTATLIK NAZORATI VA ISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA VAZIFALAR BELGILANDI.

Viloyat Kengashi kotibiyati tomonidan o‘tkazilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, tumanda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari ijrosini haqqoniy tahlil qilish hamda avvalgi sessiyalarda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, hisobotlarda ko‘rsatilgan natijalarning haqqoniyligi va amaliy samaradorligini ta’minlash, doimiy komissiyalar faoliyatini yanada faollashtirish hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganib, ularning ijobiy hal etilishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilandi.
Asosiy maqsad — reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bilangina cheklanib qolmasdan, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va saylovchilar ishonchini amaliy natijalar bilan oqlashdan iborat.

Slide 1 of 1