Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #muammoga_yechimlar

XUROSON MAHALLASIDA CHIQINDI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "25-Qo‘rg‘on" saylov okrugi deputati Galina Xamitova tomonidan Xuroson mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati o‘rganilib, hududdagi obodonlashtirish va sanitariya holati bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

🕯 O‘rganish davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, jumladan, kesilgan daraxt shox-shabbalarini hududdan olib chiqib ketish hamda atrof-muhit tozaligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

✅ Deputatlik nazorati davomida ko‘tarilgan chiqindi bilan bog‘liq masala shu kunning o‘zida o‘z yechimini topdi. Mas’ullar tomonidan tegishli choralar ko‘rilib, kesilgan daraxt shox-shabbalarini hududdan olib chiqib ketish ishlari amalga oshirildi.

🗣 Shuningdek, BSK faoliyatini samarali tashkil etish, ko‘p qavatli uylar atrofida tozalik va tartibni saqlash, hududni obodonlashtirish hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish zarurligi ta’kidlandi.

📈 Ushbu ishlar aholi murojaatlarini manzilli hal etish, BSK faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish va mahallada yashovchilar uchun yanada qulay hamda ozoda muhit yaratishga qaratilgan.

Slide 1 of 3