Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Fuqarolar murojaati — deputatlik nazoratida

Fuqarolar murojaati — deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyat mudiri M. Tangriberganov Mehnatobod mahallasi raisi K. Qurbonov bilan birgalikda mahalladagi Sevinch ko‘chasining 27-uyida yashovchi fuqaro Yusupova Zulayho Rahimberganovnaning murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida fuqaroning oilaviy va ijtimoiy ahvoli, mavjud muammolari hamda moddiy sharoiti atroflicha tahlil qilindi. Aniqlanishicha, fuqaro II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib, uning farzandi Maratov Doniyorning bosh miyasida o‘sma aniqlangan. Farzandining viloyat tibbiyot birlashmasi onkologiya bo‘limida muntazam davolanishga ehtiyoji bor. Biroq oilaning mavjud daromadlari va olayotgan nafaqasi davolanish xarajatlarini qoplash uchun yetarli bo‘lmayotgani sababli oila moddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Murojaatni o‘rganish yakunlari bo‘yicha oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning moddiy ahvolini yengillashtirish hamda zarur yordam ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi. Viloyat Mahalla jamg‘armasi hisobidan oilaga moddiy yordam ajratilishi belgilandi.

Slide 1 of 1