“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F.Islomova tomonidan Uy-joy qurilish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilishi hamda ish yuritish jarayonlari o‘rganildi.
📍O‘rganish davomida bo‘limda hujjatlarni davlat tilida yuritish, rasmiy yozishmalar, buyruq va boshqa hujjatlarni davlat tilida rasmiylashtirish holatiga e’tibor qaratildi.
✅ Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ish yuritishda davlat tili talablariga rioya etishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
🇺🇿 Davlat tilining nufuzi va amaliy qo‘llanishini ta’minlash — barchamizning muhim vazifamiz.