DEPUTAT XONADONMA-XONADON YURIB, FUQAROLAR MUAMMOLARINI O‘RGANDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. To‘xtoshev Oyinli mahallasida xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
🤝 Tashrif davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.
✅ Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
📌 Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish va aholi manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimiga yo‘l!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.