Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
YAKKASADA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

YAKKASADA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati S. Gapparova tomonidan Yakkasada mahallasi xotin-qizlar faoli Gulchehra Mo‘minovaning faoliyati o‘rganildi.

Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi bir guruh xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida xotin-qizlarning kundalik hayoti, ularni qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar hamda ularning taklif va mulohazalari tinglandi. 

Mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan muloqot qilish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga ko‘mak ko‘rsatish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlashga oid yo‘nalishlari doirasida amalga oshirildi.

Shuningdek, mavzuga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 

2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni o‘rganildi. 

Qonunda belgilangan talablar asosida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun teng imkoniyatlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish va suhbatlar davomida bildirilgan taklif hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va mahallada xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, fuqarolar muammolarini joyida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4