Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
NURAFSHON” MAHALLASIDA KOMMUNAL XIZMATLAR KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

NURAFSHON” MAHALLASIDA KOMMUNAL XIZMATLAR KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sh. Gaffarova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Nurmatov tomonidan “Ko‘chama-ko‘cha” o‘rganish ishlari doirasida “Nurafshon” mahallasi hududidagi xonadonlarda kommunal xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholini issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish, shuningdek, ushbu xizmatlar bilan bog‘liq mavjud muammolar va aholining ehtiyojlariga alohida e’tibor qaratildi. 

Xonadonlarda kommunal xizmatlarning ko‘rsatilish holati, ta’minotdagi uzilishlar va fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 14-bandi — xonadonlarni issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda gaz bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar doirasida tashkil etildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 

2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ-784-son “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni o‘rganildi. 

Qonunda belgilangan talablar asosida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha fuqarolarni qiynayotgan masalalarni hal etish, kommunal xizmatlar barqarorligini ta’minlash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3