Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Abdunabi Isroilov tomonidan tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi kiritildi.

Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida Sovot QFYda joylashgan oilaviy shifokorlik punktining faoliyati, moddiy-texnik bazasi hamda aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish darajasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijasida ushbu oilaviy shifokorlik punktida aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmon vositalari yetarli darajada emasligi aniqlandi.

Mazkur holat aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli punktni zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish talab etilmoqda.

Shu munosabat bilan, 2026-yil 8-oktabrdagi 67-ds-457-26-sonli deputatlik so‘rovi Yangiobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A. Kenjayevga yo‘llandi.

So‘rovda Sovot QFY oilaviy shifokorlik punktini zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlash holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda aholiga sifatli va uzluksiz birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Slide 1 of 3