Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA KO‘CHAT EKISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Isroilov tomonidan Havotog‘ QFYda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilish jarayoni bilan tanishildi.

O‘rganish davomida hududda ekilayotgan ko‘chatlarning turi va holati, ularni ekish jarayonining tashkil etilishi, ko‘chatlar uchun zarur sharoitlarning yaratilishi hamda ekilgan daraxtlarni parvarishlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ko‘chatlarni ekish bilan bir qatorda ularning sug‘orilishi, muntazam parvarishi va saqlanishini ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekilgan har bir ko‘chatning tutib ketishiga erishish muhimligi qayd etildi.

Joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, ko‘chat ekish jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish va yashil hududlarni muntazam parvarishlab borish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4