Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
#Yoshlar_maslahat_guruhi

#Yoshlar_maslahat_guruhi

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududlarda xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratmoqda.

O‘rganishlar davomida mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, ish bilan ta’minlanishi va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan oilalar, yordamga muhtoj yoshlar va xotin-qizlarning holati mahalla yettiligi bilan birgalikda o‘rganilib, ularga belgilangan tartibda yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Bunda oilalarning ehtiyojlarini to‘g‘ri aniqlash, mavjud yordam choralarining manzilliligini ta’minlash va fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga ustuvor ahamiyat beriladi.

Mazkur jarayonda mahalla yettiligi bilan hamkorlikni mustahkamlash, har bir murojaatga e’tibor bilan yondashish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish muhim vazifa hisoblanadi.

Asosiy maqsad — xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda inson manfaatlariga yo‘naltirilgan ishlarni yanada kuchaytirish.

Slide 1 of 2