Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi #Tashkilot_bilan_hamkorlik #Haftalik_ish_reja #Kunlik_ish_reja

#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Haftalik_ish_reja
#Kunlik_ish_reja

BANDLIKNI TA’MINLASH VA BARQAROR ISH O‘RINLARINI YARATISH BO‘YICHA SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Angor tumanida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan tuman hokimligida tashkil etilgan barqaror ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha shtab faoliyati o'rganildi.O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi daromad manbalarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi.

Jarayonda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Angor filiali boshqaruvchisi G‘ayrat Choriyevning aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdagi ishtiroki masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Jumladan, fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit imkoniyatlari haqida tushuntirish berish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish, o‘zini o‘zi band qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 1