Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
AHOLI MANFAATLARI — DEPUTATLIK FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHI.

AHOLI MANFAATLARI — DEPUTATLIK FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHI.

👍 1-Gulustog‘ saylov okrugidan saylangan Urgut tuman Kengashi deputati Axrorov Baxodir Rustamovich tomonidan saylov okrugiga kiruvchi “Guliston”, “Istiqlol”, “Mozortepa” va “Chorraha” mahallalarida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va infratuzilmasini yaxshilash borasida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

🚰 “Guliston” mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi mavjud tarmoqning eskirib, foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgani sababli deputat tashabbusi bilan 200 metr uzunlikdagi yangi polietilen quvur tortilib, eski tarmoq yangisiga almashtirildi. Natijada mahalladagi 100 ga yaqin xonadonning ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammosi bartaraf etildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari va mahallalardagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, boshqa hududlarda ham ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

📍 Jumladan:
🔹“Mozortepa” MFY—45 ta xonadon;
🔹“Istiqlol” MFY — 35 ta xonadon;
🔹 “Chorraha” MFY — 20 ta xonadonlar
toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

📊 Umuman olganda, mazkur ishlar natijasida ushbu uch mahallalarda 100 ta xonadon, ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarini hal etish imkoniga ega bo‘ldi.
🤝 Asosiy maqsad — amaliy natija
Mazkur sa’y-harakatlar avvalo aholining kundalik turmushida muhim o‘rin tutadigan toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, mavjud muammolarni manzilli hal etish va mahallalarda qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
Deputat tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar, fuqarolar murojaatlari va joylardagi o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xalq vakilining faoliyati — murojaatni tinglashdan boshlanib, uning amaliy yechimiga qadar davom etadi

Slide 1 of 4