Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
BOSHLANG’ICH PARTIYA TASHKILOTINING YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova ishtirokida O‘zLiDeP Yunusobod tuman Kengashining ish rejasiga asosan “Chinobod sihatgohi” OAJ qoshida tashkil etilgan Boshlang‘ich partiya tashkilotida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Va’da emas — natija, ertaga emas — bugun” shiori ostida BPT yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔺Yig‘ilishda partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar muhokama qilindi.

🔺Shuningdek, aholi, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni istagan yoshlarni imtiyozli kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🔺Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining rolini yanada oshirish, amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga qaratilgan amaliy choralarni belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌Yig‘ilish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2