Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 29-sentabr kuni Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid dolzarb masalalar, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbar va mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Taqdim etilgan ma’lumotlar doimiy komissiya a’zolari tomonidan tahliliy va tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Shuningdek, mas’ullarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z muddatida bajarish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muammoli masalalarga amaliy yechim topish hamda ijro holati yuzasidan doimiy komissiyalarga axborot kiritib borish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilishda bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror va xulosalar qabul qilindi. Mas’ullarga ijroni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilib, ularning bajarilishi doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 5