Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Nuroniylar maskanini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Qo‘qon shahar Nuroniy jamg‘armasida jamg‘arma xodimlari hamda faol nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

️Muloqot davomida “Nuroniylar maskani” faoliyatini yanada rivojlantirish, maskanda mavjud shart-sharoitlarni yaxshilash, keksalar uchun zarur qulayliklarni yaratish hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Suhbat davomida nuroniylarning kundalik ehtiyojlari, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, suhbatlar va foydali mashg‘ulotlarni muntazam tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Faol nuroniylarning maskan faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi.

Shuningdek, “Nuroniylar maskani”ning mavjud infratuzilmasidan samarali foydalanish, dam olish va muloqot qilish uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish, maskan hududini obodonlashtirish hamda keksalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv davomida bildirilgan takliflar deputat tomonidan qayd etilib, ularni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, nuroniylarning talab va istaklarini inobatga olgan holda maskan faoliyatini tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4