Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Nuroniylar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan 2016-yil 26-dekabr qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar Nuroniy jamg‘armasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida nuroniylar va keksalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ular uchun “Nuroniylar maskani”da yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda maskanning umumiy holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida “Nuroniylar maskani”da nuroniylar uchun zarur sharoitlar yaratilgani, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, muloqot qilishi va turli mashg‘ulotlarda ishtirok etishi uchun imkoniyatlar mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, maskandagi fitnes zali ayni vaqtda ta’mirlanayotgani o‘rganildi. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, mazkur zaldan nuroniylarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalanish imkoniyati yanada kengayadi.

O‘rganish yakunida nuroniylar va keksalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillashtirish, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash hamda qonun ijrosini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5