Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala

#162_ta_qonun

#doimiy_komissiya

#okrugda_o'rganish

#kuz-qish_ mavsumi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 23-sonli umumta’lim maktabida sohaviy qonun va qarorlar ijrosi o‘rganildi

Bandixon tumanida umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarga sifatli bilim berish sharoitlarini yaxshilash hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 15-“Gulbog‘‘” saylov okrugi deputati I.Xalmatov, hamda tuman Kengash deputati N.Allamuratova tumandagi 23-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, nazorat-tahlil ishlarini o‘tkazdilar.

✅O‘rganish maxsus ishlab chiqilgan sohaviy savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘RQ–637), “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi (O‘RQ–901), “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi (O‘RQ–595) qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori talablari ijrosi doirasida tashkil etildi.

✅Monitoring jarayonida dars mashg‘ulotlarining metodik ta’minoti, o‘qituvchilarning kasbiy huquq va kafolatlariga rioya etilishi, maktabning moddiy-texnik bazasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda ota-onalar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi. 

✅Tashrif yakunida ta’lim samaradorligini oshirish va aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha ta’lim muassasasi ma’muriyatiga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 2