Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug'onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, mahalla hududiga kirish va chiqish nuqtalarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari, ularning uzluksiz ishlash holati, kuzatuv tizimlarining hududni qamrab olish darajasi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi.

️Shuningdek, profilaktika inspektori, mahalla faollari va boshqa mas’ul tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik, mavjud muammolarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5