Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
Deputat, faxriylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tashabbusi bilan Qo‘qon shahridagi “Bihor chorsu” MFY 43-sonli umumta’lim maktabida deputat, faxriylar va yoshlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ilm olishga, kasb-hunar egallashga va jamiyatda munosib o‘rin topishga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Faxriylar tomonidan yoshlarga o‘zlarining hayotiy tajribalari, bosib o‘tgan yo‘llari hamda kasb va ta’lim borasidagi qimmatli tavsiyalari berildi. Yoshlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, samimiy fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida ilm olish, tanlagan kasbini puxta egallash, mehnatsevarlik, ustoz va kattalarga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat kabi masalalar yuzasidan suhbatlar olib borildi.

Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, faxriylarning hayotiy tajribasini yosh avlodga yetkazish hamda yoshlarni ezgu maqsadlar sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4