Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida

🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Ko‘liyon” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda aholi uchun daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
♻️Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual yondashuvning yo‘lga qo‘yilgani, oilalarning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, imtiyozli kredit va boshqa ko‘maklardan maqsadli foydalanish holatlariga e’tibor qaratildi.
♻️Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini manzilli hal etish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
👉O‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4