Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida

🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Hazorman” mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganildi.
👉O‘rganish davomida mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👉Shuningdek, aholining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, kasb-hunarga o‘qitilishi, doimiy va mavsumiy bandligini ta’minlash, imtiyozli kredit va boshqa ko‘maklardan maqsadli foydalanishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.
👉O‘rganish jarayonida hokim yordamchilarining xonadonbay ishlash samaradorligi, kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi hamda erishilayotgan natijalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
👉Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va fuqarolarning daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy choralarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
👉O‘rganishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5